пятница, 16 мая 2014 г.

Sayohatlarni moddiy ta’minlash jihatlari

Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko‘rib chiqishda ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy ta’minotiga tuxtalib o‘tish joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning asosiy qismi ma’lum bir maqsadlarga (savdo, fan, yangi yerlarni ochish, mahsulot reklamasi va hokazo) xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va xususiy jamgarmalar tomonidan moliyalashtiriladi
Sayohatchi - bu birinchi navbatda kasb bo‘lib, odamlarning kasbi yoki kun ko‘rish manbai yo bo‘lmasa sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo‘lib, turizm maqsadlaridan farq  qiladi.
Vaqt inson imkoniyatlarini sezilarli darajada o‘zgartirib yuborgan. Bugungi kunda bo‘sh vaqt va yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan deyarli har bir shaxs jahon bo‘ylab havo sharida yoki boshqa transoprt vositalarida sayr qilishi, dunyoning inson oyogi yetmagan nuqtalariga tashrif buyurishi mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan  turistlik firmalar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo‘ylab maxsus tayyorlangan avtomobillarda uzoq muddatli (30 xaftagacha) qit’alararo sayohatlarni taklif kilmokda. Buyuk yangi yer ochuvchilarning yo‘nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 190 kunlik dengiz sayohatlari ham taklif etilmokda.
Turizmni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha ma’lum bir sharoitlarda u turistlik industriyasi korxonalari va turistlik tashkilotlar tomonidan taqdim etiluvchi turistlik xizmatlardan foydalanishni kuzda tutishi mumkin.
Turizm-sayohatlarning bir turi bo‘lsada, biroq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra, ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi.
Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchrovchi soha bo‘lib, buning ustiga ichki tabiiy xodisa dualizmiga ega bo‘ladi.
Turizm bu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistlik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni turistning faoliyati va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish buyicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday faoliyat turli xil turistlik industriya korxonalari va ular bilan bog‘liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi.
Turizm faoliyati asosan bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Bunday hol sodir bo‘lishi uchun ikki shart bo‘lishi kerak: dam olishga ajratilgan bo‘sh vaqt va tegishli mablag‘. Uzoq vaqt davomida turizm faqat badavlat kishilar qatlaminiki bo‘lgan. Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo‘sh vaqtini va jamg‘arilgan mablag‘larini turli turistlik safarlarga borishga sarflamoqdalar.
Turizm XXI asrda
Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga borib shaklangan bo‘lsada, faqat XX asrga kelib u jadal suratlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlari-ning yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini oldi. Bugungi kunda turizm - juda kuchli jahon mikyosidagi iqtisodiyotning tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10%ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag‘lar jalb qilingan. Bu yirik biznes, katta pul va global mikyosdagi jiddiy siyosatdir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko‘plab aholisi turizm sohasiga jalb kilinmokda. 1995-1997 yillar mobaynida sayohat qiluvchilar sonining barqaror usish tendensiyasi yiliga o‘rtacha 4% kuzatilib, 2008 yildan Jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sababli bu sohadagi faollikning kamayganligini qayd qilish mumkin. Bugungi kunda turizm  ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan industriyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‘idir. BTT ning baholashiga ko‘ra, turistlik servisi rivojlangan shaharga tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming AQSH dollari atrofida sarflaydi, ya’ni har bir turist tomonidan bir sutkada shaharga 200 AQSH dollari miqdorida foyda keladi. Taqqoslash maqsadida, bu miqdordagi foydani olish uchun xatto rivojlangan mamlakat ham kamida jahon bozoriga 1 tonna paxta yoki 2 tonna bug‘doy olib chiqishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi paytda dunyoning ajoyib, jozibador turistlik resurslariga ega bo‘lgan barcha burchaklari hali yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va keng turistlar ommasi uchun ochik emasligini ham hisobga olish lozim. Bunda tabiiy-iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar, mintaqadagi tinchlik, turizm industriyasining riojlanishi kabilar muhim rol o‘ynaydi. Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo‘lgan bir necha tarmoqlarni ham rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari turizmning rivojlanishini yana bir katta muammo bo‘lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog‘liq bo‘lgan xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishchi joylarning ochilishiga yordam beradi. Shu bilan birga mahalliy mintaqalarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilib, jumladan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, mahalliy  mahsulotlarini va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotishga yordam beradi. Masalan, Petropavlovskka kruiz laynerining kelishining o‘zi mahalliy aholi hayotida katta bir ayyomdir, chunki bu 50-60 kishi ish bilan ta’minlansa, uch kun mobaynida ular yo‘lboshchilik, gidlik vazifasini o‘tayotgan mahalliy o‘qituvchilar esa o‘z oylik maoshlariga teng bo‘lgan qo‘shimcha daromad oladilar.
Jadval 2.1.
Turizmni sayyohatdan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar                                                                                                                


Farq qiluvchi xususiyatlar
Turizm (turist)
Sayohat
(sayohatchi)
1

Mamlakat iqtisodiyo-tiga ta’siri bo‘yicha
Turizm kuchli jahon miqi-yosidagi iqtisodiyot tarmog‘i bo‘lib, uning jaxon yalpi ichki  mahsulotidagi ulushi mavjud. Bu yirik biznes, katta pul va global mikyosdagi jiddiy siyosatdir.
Sayohatlarning iqtisodiyotiga bevosita ta’siri yo‘q
2
Qo‘yilgan maqsadlar
bo‘yicha
Yo‘llanmada ko‘rsatilgan aniq qo‘yilgan maqsadlar bilan chegaralangan
Aniq qo‘yilgan maqsadlar bilan chegaralanmagan
3
Muddat maboynida
Yo‘llanma bilan chegaralangan bo‘lib, 1-2 kunlik (dam olish kunlari); 3-7 kunlik; 8-28 kunlik; 29-91 kunlik bo‘lishi mumkin
Muddati chegaralanmagan
4
Ma’lum makonda bo‘lishi
Bo‘ladigan joyi yo‘llanma bilan chegaralangan
Makoni yoki bo‘ladigan joyi chegaralanmagan
5
Bo‘sh vaqtning mavjudligi
Asosan bo‘sh vaqt maboynida amalga oshiriladi
Bo‘sh vaqt bo‘lishi shart emas.Sayohat qilish hayot tarzi hisoblanadi
6
Borgan joyida haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi bo‘yicha
Borgan joyida turist uchun haq  to‘lanadigan faoliyat  bilan shug‘ullanishi mumkin emas
Borgan joyida sayohatchi uchun haq  to‘lanadigan faoliyat  bilan shug‘ullanish mumkin
7
Mablag‘ bilan ta’minlash

Turistning shaxsiy mablag‘-idan va ijtimoiy fondlar-dan
Homiy tashkilotlar,  davlat va xususiy jamg‘armalar tomonidan moliyalashtiriladi
8
Tashkil qilish va xizmat ko‘rsatish
Bu faoliyat turli xil turistlik korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq tarmoklar tomonidan amalga oshiriladi.

Tashkil qilish homiy tashkilotlar,  davlat va xususiy jamg‘armalar tomonidan  amalga oshiriladi, sayohlarga  xizmat ko‘rsatish esa bevosita o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
9
Yashash foliyatiga ta’siri
Turistning sayohatga borib kelishi yashash faoliyatiga bevosita ta’sir qilmaydi.
Sayyohat sayohatchi uchun kasbi yoki kun ko‘rish manbai, turmush tarzi bo‘lib xizmat qiladi.

Turizm tushunchasi va uning shakllanish tarixi

O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonunida turizm tushunchasiga quyidagi tarzda ta’rif berilgan: Turist - jismoniy shaxsning doimiy iste’qomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi).
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan baptist pastori Tomas Kuk birinchilardan bo‘lib sayohatchilarning ommaviy safar uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab yetdi hamda 1843 yilda u  dastlabki temir yo‘l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffakiyatga erishdi. 1851 yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi ko‘rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko‘rgazmaga 165 ming kishini olib kelishga musharraf bo‘ldi. Ko‘rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli, Kuk Angliyalik turistlarning 1865 yilda Parijga Butunjahon ko‘rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishining tashkilotchisi bo‘ldi. 1856 yildan boshlab Yevropa bo‘ylab turlar odatiy xolga aylandi, Kukning turistlik agentligi va uning filiallari tuzildi. Turistlik kompaniyaning misli kurilmagan muvaffakiyatga erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq mehmonxonalarning o‘rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870 yilda «Tomas Kuk» turistlik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga yetdi.
Yevropa va Amerika qit’alari o‘rtasida muntazam kema katnovi 1832 yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1866 yilda Kuk AQSH ga turistlarning dastlabki ikki guruhini junatadi. Turlar uzoq muddatli bo‘lib, besh oygacha davom etgan. Tomas Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven bo‘lib, u oltmish kishidan iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu sayohatni kalamga olgan. Tomas Kuk 1872 yilda birinchi bo‘lib industriya asosida jahon bo‘ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun jahon bo‘ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892 yilda vafot etib, uning ishini ugillari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o‘z faoliyat sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun yo‘l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o‘z mohiyatiga ko‘ra asr ixtirosi - xavfsiz pullar edi. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistlik agentliklarga ega bo‘lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko‘rsatadi.
Sayohatlardan hayot  faoliyatning alohida jozibador usuli sifatida yangi shakl - turizm ajralib chiqqan bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlar va hislatlari bilan tavsiflanadi.
Turizmni sayohatlardan ajratib turuvchi asosiy jihati bu maqsad va ommaviyligidir. Prosper Merime 1840 yilda «Kolomba» asarida qayd etganidek «Sayyohlarning doimiy xursandchiligi o‘rniga loqaydlik yuzaga kelib, hozirgi turistlarning ko‘pchiligi o‘ziga xos bo‘lib ajralib turish uchun o‘zlariga Nil Admirare (hech narsaga xayron bo‘lmaslik) shiorini tanlab olganlar». Aytish kerakki, bu «sayohatchi» va «turist» tushunchalari o‘rtasidagi birinchi farq bo‘ldi.
Boshqa odamlar orasidan alohida ajralib turish, birinchi bo‘lish istagi sayohatchilar orasida yaqqol ajralib turadi. Inson faoliyatining boshqa sohalariga qaraganda bu yerda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati ko‘proqdir. Kim eng yuqoriga chiqib shampan vinosi ichadi, kim uzoqroqga boradi, kim ko‘proq temir yo‘l stansiyalarida yoki chegara punktlarida bo‘ladi - rekordchi-sayohatchilarning fantaziyasi chegaralanmagan bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobida bunday yutuqlarga alohida bo‘lim ajratilgan.
1913 yilda velosipedda butun dunyoni aylanib chiqib, bunda 50 ming km yo‘l bosgan va 52 ta pokrishka, 36 ta kamera, 9 ta zanjir, 9 ta pedal, 4 ta egar, 2 ta rul va hokazolarni almashtirgan hamda «Brilliant Yulduz» belgisi bilan mukofotlangan Anisim Pankratovni turistlar toifasiga emas, balki aynan sayohatchilar qatoriga kiritish mumkin. shuningdek, uch yil (1928-1931) ichida SSSR chegaralari bo‘ylab bycicling tour velosipedda aylanib chiqqan Gleb Travinni ham sayohatchilar qatoriga kiritish mumkin. bir necha yil mobaynida «Tatra» avtomobillarida sayyoramizning barcha qit’alari bo‘ylab sayohat uyushtirgan Chexoslavkiyalik sayohatchilar Irji Ganzelka va Stanislav Zigmudlarni turistlar toifasiga kiritish albatta qiyin. Ularning qit’alararo yo‘nalishi «Tatra» konserni tomonidan moliyaviy va texnik ta’minlangan bo‘lib, bu firmaning reklama maqsadlariga xizmat qilgan. Amalda bu texnika jihatlarini sinovchilarining normal va haq tulanuvchi xizmati bo‘lib hisoblanadi.
Ginnesning rekordlar kitobida boshqalarni xayron qoldirish niyatida uyushtirilgan sayohat va jasoratlarga katta joy ajratilgan.
Djessi Rosdayl ismli  shaxs dunyoda eng ko‘p mamlakalarda bo‘lish va o‘z hujjatlariga barcha mamlakatlar chegara xizmatlari shtampini kuydirishni maqsad qilib olgan, buning uchun u 2627766 km masofani bosib o‘tgan va 215 ta mamlakat chegarasini kesib o‘tgan hamda buning uchun Ginnes diplomiga sazovor bo‘lgan. Missioner Alfred Uoldern (AQSH) otda sayohat qilishni maqsad qilib qo‘ygan va 424850 km masofani (bitta yoki bir nechta ekanligi noma’lum) otda bosib o‘tgan. Bunda u 16 mingdan ortiq ma’ruza ukigan. Piyoda, changida, velosipedda, avtomobilda, temir yo‘l, avia va dengiz transportida sayohat qilish bo‘yicha ham turli rekordlar o‘rnatilgan.
Xattoki zamon va makonda ilmiy sayohat uyushtiruvchi, Oyga qo‘nuvchi, Yer orbitasi atrofida parvoz qiluvchi kosmonavtlar (ularni ham sayyohlar qatoriga kiritish mumkin) ham rekord urnatishga intiladilar. Kosmosga birinchi bo‘lib parvoz qilgan odam, birinchi kosmonavt ayol, parvoz uzunligi, balandligi va uzoqligi, Oy satxida Lunoxodda sayr  qilish uzunligi va boshqa bir qator faktlar rekord sifatida qayd etishga asos bo‘ladi.


Markaziy Osiyo mintaqasi sayohatchilari

Sayohlik O‘rta Osiyo o‘lkasida qadim zamonlardan rivojlangan bo‘lib, o‘lkamizdagi ilk sayyohlik ko‘rinishlari «Buyuk Ipak yo‘li» ga borib taqaladi. Miloddan avvalgi II-asrda ochilgan Buyuk Ipak yo‘lini ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Bu yo‘l faqat savdo yo‘li bo‘lmay, ayni paytda dunyo xalqlari o‘rtasida madaniy hamda davlatlararo aloqalar yo‘li bo‘lgan.
O‘rta Osiyolik sayyohatchilarning ma’lum bir qismini ziyoratchilardan iborat bo‘lib, muqaddas joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzoq va mashaqqatli sayohatlarni amalga oshirganlar.
VII-VIII asrlarda Arablar Movarounnaxrni zabt etish yo‘li bilan mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyatga o‘z ta’sirini o‘tkazib, asta-sekinlik bilan islom dini kirib kela boshladi. Mahalliy xalqning islom diniga o‘tishi bilan Markaziy Osiyoni Arab mamlakatlari Makkayu Madina bilan bog‘ladi. Islom dini farzlaridan biri hajga borish hisoblanib, Movarounnaxrliklar o‘z yurtlaridan chiqib Afg‘oniston, Eron, Iroq, Suriya orqali o‘tib, Saudiya Arabistondagi Makka va Madinada haj amalini bajarganlar. Bu yo‘l mashaqqatli, og‘ir, bir necha oy va yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lsada, yildan-yilga hajga boruvchilarning soni ortib borgan.
Ziyoratchi-olimlarning eng mashhuri deb buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyni kiritishimiz mumkin. Imom Ismoil al-Buxoriy o‘z onasi bilan 17 yoshda hajga borib, bir necha yil Arabistonda yashaydi. U fiqx hadislarni yig‘ish maqsadida Bog‘dod, Damashq, Balx, Nishopur, Misr va boshqa ko‘pgina arab shaharlarida 40 yil sayohat qilib, hadislarni to‘playdi. Bunga Imom al-Buxoriyning zamondoshi Abu Iso Muhammad at –Termiziyni ham misol qilish mumkin. Shu davrda uning Bog‘dodda ko‘pgina shogirdlari ham bor edi.
Arab halifaligiga kirgan Movarounnaxrda, Xurosonda, Xorazmda mahalliy tillarda yozilgan asarlari yo‘q qilinib, yerli bilimdonlar, tolibi ilmlar halifalikning markaziy shaharlari Damashq, Qohira, Bog‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu shahar Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi bo‘lib, ular orasida Bog‘dod shahri eng mashhuri edi. IX asrda bu shaharda «Bayt-ul hikma» – «Donishmandlar uyi» Sharqning o‘z davridagi Fanlar Akademiyasi tashkil etilgan edi.
«Bayt-ul hikma» da katta kutubxona hamda Bog‘dodda va Damashqda astranomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu yerdagi toliblar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Bu yerda o‘rta asar ilmu-faniga katta hissa qo‘shgan ko‘pgina Movarounnaxr va Xurosonlik olimlar ijod qilishgan.
Shular jumlasidan, 20 dan ortiq asarlar muallifi, qomusiy olim Muhammad Muso al Xorazmiy o‘z bilimini oshirish maqsadida Xuroson, Eron, Iroq va Suriya mamlakatlariga borib, matematika, geografiya, astranomiya fanlariga ulkan hissa qo‘shgan.
«Bayt-ul hikma» da faoliyat ko‘rsatgan olimlarning yana biri buyuk astranom, matematik, geograf Ahmad al-Farg‘oniydir. U Farg‘onalik bo‘lib, avval Marv, so‘ngra Bog‘dod, Damashq va Qohira shaharlariga borib, astranomiya, matematika, geografiya fanlari bilan shug‘ullanadi. U Qoxira shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi sohiliga qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini o‘lchagich «Miqyos an – Nil» inshooti qurilishiga rahbarlik qildi.
Vatandoshlarimizdan yana Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniylar kabi buyuk allomalar fan taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishi bilan birga el kezgan olimlardir. Al – Beruniyning «O‘tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» asarlarida Markaziy Osiyo geografiyasi, xalqlar madaniyati haqida yozgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur ( 1483 yil 14 mart Andijon sh. – 1530 yil 26-dekabr Hindistonning Agra sh.) – o‘zbek klassik adabiyotining yirik vakili, tarixchi, sayyoh-olim, temuriylar sulolasi vakili. «Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi» deb nomlangan Hind davlatining, aslida Boburiylar davlatining asoschisi bo‘lgan. Bobur o‘zining mashhur «Bobirnoma» ensiklopedik asarida  15 asrning ikkinchi yarmi va 16 asrning birinchi yarmida Movarounnaxr, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston hamda Hindiston tarixi, madaniyati va tabiati haqida juda boy ilmiy ma’lumotlar keltiradi, bu albatta  ushbu yurtlarni bevosita Bobur tomonidan kezib chiqanidan dalolat beradi. (O‘zbek Sovet ensiklopediyasi, 2- tom)
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘rta Osiyoda qadimgi sayyohlik Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, IX-XI asrlarda sayyohlik tufayli, kishilar bilimini oshiradigan turizmning ilmiy turiga asos solingan  va ziyoratchilik keng rivojlangan edi.

Rossiya davlati ham mashhur sayohatchilarga boy. Hujjatlar bilan tasdiqlangan eng qadimgi sayohatchilardan biri Igumen Danill 1065 yilda Afon Muqaddas yerga ziyorat qilgani borgan va safar davomida ko‘rgan xalqlar va yerlar haqida batafsil yozib qoldirgan. 1471-1474 yillarda Eron va Hindistonga sayohat qilgan Afanasiy Nikitin «Uch dengiz osha sayohat» nomli ajoyib asar bitgan. Keyinrok, mashhur sayohatchilar N. N. Mikluxo-Maklay (1846-1888), N. M. Perjevalskiy (1839-1888), V. I. Bering (1681-1741) va boshqalar o‘z nomlarini sayohatchilar tarixida yozib qoldirganlar.

Ilk sayohatchilar va sayohatlar tarixi

Sayohat va turizm (travel and tourism) - bir-biri bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki passiv ko‘ngil ochish, sport, atrof-muhitni anglash, savdo, fan, da’volanish va boshqa ko‘plab jihatlarni kamrab oladi. Birok, bunda har safar sayohatni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turuvchi o‘ziga xos harakat - insonning vaqtinchalik boshqa joyga, mamlakatga, qit’aga borishi, uning doimiy yashash joyidan uzoqlashishi  mavjud bo‘ladi.
Sayohatlar ayrim shaxslar tomonidan alohida, yagona maqsad va qiziqishga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan ekspeditsiyalar, jumladan, harbiy ekspeditsiyalar tuzgan holda amalga oshirilib, ular tarkibiga yuzlab va xattoki minglab mutaxassislar, diplomatlar, migrantlar va ko‘chib yuruvchilar ham kiradi. Dengiz, havo va boshqa transport vositalari ekipajlari oylab o‘z uylarida bulmaydilar, shu tarika, ular uchun sayohat turmush tarzi, kunlik ish faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
Sayohat tushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat’iy nazar zamon va makonda ko‘chib yurishni anglatadi hamda sayyohatchilarning turmush tarzi bo‘lib xizmat qiladi.
 Ko‘p asrlik tarixdan ma’lumki, insonga savdoni rivojlantirish, yangi yerlarni ochish va o‘zlashtirish, resurslar va yangi transport yo‘llarini izlab topish maqsadida jahon bo‘ylab sayohat qilish xos bo‘lgan. Sivilizatsiyamizning rivojlanishiga ajratilgan vaqt unchalik katta bo‘lmay, besh ming yilga yaqin davr bilan belgilanadi, biroq bizgacha faqat yaqin o‘tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya va tasvirlargina saqlanib qolgan. O‘tmishdan bizga yangi qit’a va yerlarni, xalqlar va tabiiy xodisalarni ochgan, o‘ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan buyuk sayohatchilarning nomlari ma’lum.

Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik

Eng qadimgi sayohatchilar qatoriga avvalo savdogarlar va ziyoratchilarni – (piligrim) kiritishimiz aniq. Yangi yer va resurslarga egalik qilish va savdo qilish istagi insoniyatni boshqa joylar, hududlar, mamlakatlar va xattoki qit’alar tomon undagan. Mashhur grek tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi V-asrda barcha ma’lum va mashhur sayohat va ixtirolarni tasvirlab bergan. Fransuz tadqiqotchisi va geograf olim Pifey (kelib chiqishi Massallik - hozirgi Marsel, Fransiya), eramizdan avvalgi 320 yilda usha vaqtlarda akl bovar kilmagan tarzda butun Yevropa bo‘ylab sayohat qilgan, Britaniya orollarini aylanib o‘tib, Norvegiya va Islandiyagacha yetib borgani taxmin qilinadi. U «Okean haqida» (On the Ocean) deb nomlangan ajoyib asarni yozib qoldirgan bo‘lib, unda ko‘plab geografik yangiliklar va ixtirolar tasvirlab berilgan.
Qadimgi Rim tarixiga va odatlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.
Amerika qit’asining bir necha marta ochilishi va o‘zlashtirilishi, 900-1100 yillarda Islandiya va Grenlandiyaning o‘zlashtirilishini alohida qayd etish joiz. Kolumbdan ham avval jasur vikinglar Grenlandiyaga va xattoki Amerika qit’asiga yetib borganlar va u yerda koloniyalarga asos solganlar. Ularning yashagan makonlari hozirda topilgan bo‘lib, xattoki ba’zi kolonistlarning ismlari ham aniqlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ushbu ekspeditsiyalarga 982 yilda irlandiyalik Erik Rijiy boshchilik qilgan. «Buyuk Ipak yo‘li» kabi boshqa mashhur yo‘nalishlar ham qadimgi sayohatlarning aynan savdo maqsadlariga asoslanishidan darak beradi.
Sayohatlarning rivojlanishiga ziyoratchilar ham munosib hissa qo‘shganlar. Turli din vakillari bo‘lgan ziyoratchilar o‘z dinlarini kengaytirish va mukaddas joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzundan-uzoq va mashakkatli sayohatlarni amalga oshirganlar. Salb yurishlari o‘rta asrlarning mashhur xodisalari sifatida qayd etiladi. Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning asosini tashkil qilib, o‘z faoliyatiga ko‘ra, keng miqyosga ega hisoblanadi. Bunga misol tariqasida islom dini vakillarining muqaddas Makkayu Mukarrama shahriga xajga borishi yoki xristianlarning Kuddus shahriga ziyorat qilishlarini keltirib o‘tish kifoya.

Kashfiyotlar

Sayohatlarning asosiy qismi yangi savdo yo‘llarini, yangi yer va mamlakatlarni ochish maqsadida amalga oshirilgan.
Buyuk arab olimi va sayohatchi Ibn Battuta (Abu Abdullox Muhammad ibn Abdullox al Lavati at-Tanji) Ibn Battutah (1304-1368) 21 yoshidan sayohat qilishni boshlagan va sharqning barcha mamlakatlarini (70 ming chakirimdan ortiq) piyoda bosib o‘tgan, Shimoliy Afrika mamlakatlari, Xitoy va Hindistonda bo‘lgan. U o‘zining mashhur «Rixle» deb nomlangan asarida ko‘plab mamlakat va savdo yo‘llarning geografik nomlarini, xalqlarning urf-odatlarini batafsil tasvirlab bergan. Italiyalik savdogar Marko Polo (1254-1324) 1271-1295 yillarda Xitoyga safar uyushtirib, u yerda 17 yil istiqomat qilgan va bu mamlakat haqidagi kamyob ma’lumotlarni tuplab, o‘zining kitobida aks ettirgan.
Yangi yerlarning ochilishi uzoq o‘tmishda dengiz orqali mashakkatli sayohatlar uyushtirishni talab qilgan. Hozirgi kunda barchaga ma’lumki, Amerika Kolumbdan ancha avval kashf etilgan, Grenlandiyada esa  (uning nomi «yashil yer» deb nomlanib, hozirgi kunda kalin muzlik bilan koplangan) Yevropadan kelib chikkanlar istiqomat qilgan. Agar ushbu ulkan orolning muzlash tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, birinchi ko‘chib kelganlarning eramizdan avvalgi 600-700 yillarda kelganligi ma’lum bo‘ladi. Janubiy Amerikadan Polineziyaga ommaviy ravishda sollarda bir necha oyda suzib o‘tishga aql bovar qilmasada, buni amalga oshirish mumkinligini Tur Xeyerdal Tinch okeanini oddiy bir solda kechib o‘tgan holda isbotlab bergan.
Ko‘plab sayohatlar yangi hududlarni egallab olish yoki bo‘lib olish maqsadida harbiy yurishlar bilan amalga oshirilgan. Ko‘p sonli kushinlari bilan harbiy yurish qilgan Aleksandr Makedonskiy (eramizdan avvalgi 356-233 yillar) 32 ming chakirim yo‘lni bosib o‘tib, o‘z vaqti uchun ajoyib ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. O‘rta asrlarda xristianlar obidalarini ximoya qilishga yo‘naltirilgan salb yurishlari minglab chakirim masofadan Mukaddas Yer va Vizantiyaga yetib kelgan yuz minglab dindorlarni o‘z saflariga birlashtirgan.

Buyuk sayohatchi va kashfiyotchilar, olimlar qatoriga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni (1451-1506) ko‘rsatish mumkin, ulardan oxirgisi 1492-1493 yillarda uchta karavellada Atlantika okeanini bosib o‘tgan va Amerika qit’asini ochgan.

Kursning boshqa bilimlar tizimida tutgan o‘rni

Turizm inson hayoti va faoliyatining ko‘p sohalarini qamrab oladi. Shuning uchun turizmni o‘rganish psixologiya, antropologiya, sotsiologiya, iqtisodiyot, geografiya, informatika, huquq fanlarini ta’limni o‘rganish bilan uzviy ravishda bog‘liq. Turistlik resurslar yer sharining deyarli barcha burchaklarida, qit’alarida va mamlakatlarida mavjud. Turizm yo‘nalishi va to‘rini erkin tanlash sharoitida turizm tashkilotchilari turistlik oqimlarni bilishi, istiqbollashi va xatto ularni boshqarishi kerak.
Psixologiya

Sayohat qilish uchun turist qaysi marshrutni tanlaydi, ushbu mavsumda qaysi mamlakat afzallikka ega bo‘ladi, turizmning qaysi turlari  mashhur bo‘ladi? Turistlik bozorda nimani taklif qilish foydali, o‘z turistlik mahsulotini harakatini qayerga yo‘naltirish kerak? Mijoz xohishlarini yaxshi qondiruvchi to‘rni qanday qilib tuzish kerak? Bu savollarning ko‘pchiligiga inson psixologiyasi, uning harakatlari va qaror qabul qilish motivatsiyasi (sabablari) asoslarini o‘rganmasdan javob berish mumkin emas. Mijoz xohishi motivatsiyasini o‘rganmasdan va tushunmasdan turib, to‘rni to‘g‘ri tuzish va uni bozorda iste’molchiga taklif qilish, asosiysi mijoz xohishini turistlik taassurot va emotsiyalarning ijobiy gammasini ta’minlab qondirishi mumkin emas. Kichkinagina uzilish ham puxta tayyorlangan va tahlil qilingan sayohatdagi ijobiy ta’surotni yo‘qotishga yetarli bo‘ladi.
Insonning turli holatlarda o‘zini tutish modelini, qaror qabul qilish sabablarini, dam olish to‘rini tanlash, asosiy va turdosh maqsadlari, sayohat yo‘nalishlari, hamkorlar va turistlik firmani tanlashni yaxshilab o‘rganish kerak. Sayohatni amalga oshirish sabablari turlicha bo‘lib, u turist yoshi, intellekt darajasi, moliyaviy holati, jamiyatning u yoki bu holatiga tegishliligi va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq. Turist bo‘lishga turli sabablar ta’sir qiladi: dam olish, bo‘sh vaqt, dunyoqarashni kengaytirish, notanish narsalarni bilish, ko‘ngil ochish, diniy, davolanish, qarindoshlar va do‘stlarni ko‘rish va boshqa maqsadlar. Ushbu sohadagi keng qamrovli bilimlar bilan shugullanuvchi fan psixografiya deyiladi va uning uslublari turizm marketingida ham kullaniladi.
Sayohatni tanlashda sabablarning o‘zgarishi iste’molchi bozorida turistlik mahsulotni taklif qiluvchi turistlik firma uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Kayfiyat, moda, umumiy siyosiy-iqtisodiy holat va ko‘pgina boshqa omillarga e’tiborsizlik paydo bo‘lishi mijozlarni yo‘qotish va turistlik faoliyatda iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keladi, chunki bu omillar turistlik oqim yo‘nalishini aniqlovchi va motivatsiya natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Sotsiologiya

Sotsiologiya - jamiyatshunoslik haqidagi fanlardan biri bo‘lib, turizm sohasida esa u - insonni boshqa joyga borishga yordam beruvchi sotsial sharoitlarni o‘rganuvchi fan bo‘lib gavdalanadi. Inson hayotida turizmni amalga oshirish uchun kamida ikkita muhim shart bajarilishi kerak: bo‘sh vaqt va turistlik sayohatni amalga oshirish uchun mablag‘. Buning barchasi mamlakatda tinch siyosiy holat mavjud bo‘lgan paytda amalga oshishi mumkin.
Turizm iqtisodiy munosabatlarda hosil bo‘ladigan har qanday nomutano-sibliklardan ta’sirlanadi. Jahon ijtimoiy hayotida  katta voqea yoki iqtisodiy tizimda o‘zgarishlar sodir bo‘lishi darxol turizm rivojlanishining holatiga va dinamikasida aks etadi. 1998-yil Rossiya moliyaviy inqirozi jamiyatni larzaga keltirdi. Osiyo krizisi ushbu hudud turistlik bozoriga yomon ta’sir qildi va bundan  turizmning dinamikasi  10% ga qisqardi. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tufayli jahon turizmining oqimi 8% kamaydi.
Doimiy taraqqiyotda turizm sotsial xodisa sifatida qaraladi. Insonlarning xulqi ularning yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, yashash joyi, madaniy qarashlarga bog‘liq holda o‘rganiladi.
Hozirgi kunda sotsiologik tadqiqotlarga katta e’tibor berilmokda. Deyarli har bir katta tadbir, ko‘rgazmada turistlar va tashrif buyuruvchilardan turli ma’lumotlarni to‘plash maqsadida anketalash o‘tkazilmoqda. Bu anketalar hozirgi va kelajakdagi sayohatlar darajasini baholash uchun muhim ma’lumotlar olish imkonini beradi. Sotsiologik tadqiqotlar ma’lumotlari ma’lum bir iste’molchi bozorida turistlik mahsulotning harakat qilish siyosati shakllanishida, bashorat va ko‘rsatmalar ishlab chiqishda hamda bojxona va  migratsion munosabatlar va qoidalar sohasida muhim siyosiy-iqtisodiy qarorlar qabul qilishda asos bo‘lish uchun dastlabki baza hisoblanadi.  
Iqtisodiyot

 Turizm – bu iqtisodiyotning maxsus sohasi va inson faoliyatining o‘ziga xos ko‘rinishi hisoblanadi. Shu sababli turizm sohasida iqtisodiy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari o‘zining mahsus qirralarida namoyon bo‘ladi, umumiy qonuniyatlar o‘zini xususiyligi orqali namoyon  qilsa, xususiylik esa mazkur turistlik tashkilotning aniq faoliyati orqali aks ettiriladi.
Turizm iqtisodiyoti aholining kattagina qismini turistlik xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida mazkur xo‘jalik sohasini barcha darajalarida turistlik mahsulotni ishlab chiqaradigan, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qiladigan kishilarning xulq-atvorini o‘rganadi.
Har bir turistlik hudud, har bir mamlakat, har bir shahar va joy iqtisodiy foyda va daromad olish uchun mavjud turistlik resurslaridan oqilona foydalanishga harakat qiladi. Har bir mamlakatda o‘zining siyosiy qarashlari, iqtisodiyoti rivojlanishining yo‘nalishlari, jamiyat an’analarining ko‘p qirralari mavjud. Turistlarni jalb qilish uchun xatto juda qiziqarli bo‘lgan ob’ektlar va xodisalar uchun ham xizmat ko‘rsatishning mos darajasini, xavfsizlikni ta’minlovchi turistlik qiziqish va ehtiyojni uyg‘unlashtirib turuvchi turistlik industriya va infratuzilma zarur.
Turizm sohasini rivojlantirishni ba’zan «tilla tuxum quyuvchi tovuq»qa  o‘xshatiladi. Ammo, ushbu tovuq boqilmasa, tovuq tuxum qo‘yishni tuxtatishi mumkin yoki tuxumlar hajmi va sifati buzilishi mumkin yoki tovuqning o‘zi o‘lib qolishi mumkin. Shunga ko‘ra, turistlik markazlar va hududlar nafaqat turizmdan pul ishlab qolishadi, balki turizm industriyasini barqaror rivojlantirishga, turistlik mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda harakat qildirishga juda katta miqdorda mablag‘lar ajratishadi.
Barcha davlatlarda ham turizmga bo‘lgan siyosat bir xil tuzilmagan. Masalan, Yaponiya orolidagi davlat, tarixiy yopiq jamiyatni ko‘rgan va uzoq davr mobaynida keluvchi turistlarga e’tibor bermagan, hududi chegaralanganligi natijasida o‘z fuqarolarini dunyo bo‘yicha sayohat qilishga faol undadi. Xatto, mehmonxona xo‘jaligi ham xorij turistlarini qabul qilishga yo‘naltirilmagan, otellar past tabaqali aholi joylashishiga mo‘ljallangan va inshoot gabariti va ship balandligi bo‘yicha Yevropa standartlariga javob bermaydigan normalar bo‘yicha qurilgan. Lekin, uzoq davr mobaynida turizmsiz ham rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyoti hayotiy kuch oqimining yangi manbasini talab qildi. Yapon hukumati mamlakatga kiruvchi turizm konsepsiyalarini qaytadan ko‘rib chiqdi va boshqa hududlardan mamlakatga turistlik oqimlarni jalb etish maqsadida jahon turistlik bozoriga milliy turistlik mahsulotni chiqarish faoliyatiga 2 mlrd. dollarini ajratdi.
Yuqorida ifoda etilgan faoliyat Xitoyda o‘zgacha amalga oshiriladi. Chiquvchi turistlik oqim bu mamlakatda juda past, chunki davlatda ta’tilni har yili to‘lash uchun huquqiy institut shakllanmagan va qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining ko‘p qismi xorijda sayohat qilish uchun mablag‘ga ega emas. Tashqariga chiquvchi turizm yiliga 5 mln. kishidan ortmaydi. Bu ko‘rsatkich umumiy aholisi 1 mlrd. 200 mingga teng bo‘lgan mamlakat uchun juda past darajada. Lekin, keluvchi turizm tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Jahon turizm iqtisodiyotida Xitoy hozirgi kunda turizmning eng jozibador hududi hisoblanadi. Bu yerda turistlik qiziqish ob’ektlari mavjudligi, turizm industriyasi rivojlanganligi va davlat siyosatining turizmga ijobiy munosabatdaligi sabab bo‘lmoqda. Xitoy turizm tashkiloti ekspertlari baholariga ko‘ra, keyingi yillarda Xitoy jahondagi eng ko‘p turistlar qabul qiluvchi mamlakatga aylanadi. 1998-yilda Xitoyga 65 mln. turistlar kelib ketishgan bo‘lsa, 2010-yilda Xitoyga 125 mln. xorij turistlari kelishi rejalashtirilmokda. Bu esa xalqaro miqyosda juda katta ko‘rsatgich hisoblanadi.
Geografiya

Hudud resurslarining turistlik salohiyatini baholash geografik  omillarga bog‘liq. Geografiya fani - tabiiy-iqlimiy, demografik ma’lumotlar, ularning o‘zgarish tendensiyalari va istiqbollari, turizmning hududlararo va hudud ichida rivojlanishini batafsil rejalashtirish, ob’ektlar, turistlik industriya, turizm sohasini investitsiyalashni rivojlantirishni rejalashtirish, turistlik oqimlarni, aholi bandligini va turizmdan tushuvchi daromadni rejalashtirish uchun juda zarur hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari

Rivojlanishning hozirgi bosqichida xo‘jalikning har qanday tarmog‘i kuchli axborot ko‘magisiz ishlay olmaydi. Turli fan sohalari bo‘yicha ma’lumotlardan turizm maqsadlarida ham foydalaniladi. Bugungi kunda turistlik xizmatlarni bronlashda turli avtomatlashtirilgan axborot tizimlari muhim rol o‘ynaydi. Turistlik resurslar, turistlik mahsulotlar ma’lumotlarining axborotlari turli xil hisob-kitoblar, ma’lumotnomalar, kataloglar, prospektlar, yo‘l ko‘rsatkichlar, jadvallar, time-table ko‘rinishlarida ask etadi. Ko‘pchilik turistlik  kompaniyalar o‘z tarkibida nafaqat xususiy turistlik agentligi, balki quvvatli axborot markazlari va nashriyotlariga ham egadirlar. Masalan, Buyuk Britaniyaning Reed Travel Group turistlik agentligi bunga misoldir. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, yo‘l ko‘rsatuvchi kitoblar turizmning o‘zi rivojlanishidan ancha oldin ishlab chiqilgan. Tomas  Kuk birinchi bo‘lib turistlik sayohatni tashkil qilgan paytda, Londondan Parijga sayohat qilishni amalga oshirish uchun yo‘l ko‘rsatuvchi kitoblar bor edi. Ko‘pchilik yo‘l ko‘rsatkichlar 100 yillik tarixga ega.
Bugungi kunda ko‘pgina axborot oqimlari SD - disklarda jamlangan. 1990-yillardagi kompyuter bilan ta’minlashdagi texnik inqilob turizm maqsadlari uchun kuchli avtomatlashtirilgan turizmni vujudga keltirdi.
Jahon Global kompyuter tizimlari – Amadeus (Yevropa), Sabre (AQSH), Galileo (Buyuk Britaniya), Gabriel, “Samoturagent”, “Masterturagent”, “1S-Rarus: Turagentstvo”, “InTour Office”, “Master-Tur”, “Samo-Tur”, “TurVin”, “Turbo-tur”, “Aist-2.5” va boshqalar yaratilgan va ular muvafaqqiyatli darajada xizmat ko‘rsatmoqda. Bu tizimlar axborot tashuvlarini birinchi navbatda havo transportida hamda mehmonxona va boshqa xizmatlarni bronlashni tashkil qilishda keng tarqalgan.
Turistlik axborotni rivojlantirishda yana bir juda katta turtki internet global tarmog‘i bo‘ldi. Bugungi kunda deyarli barcha turistlik firmalar o‘z saytlariga va E-mail elektron pochta orqali ushbu tarmoqqa chiqish imkoniyatiga ega. Tarmoqdan foydalanuvchilarning barchasi turistlik xizmatlar haqida keng axborot olish imkoniyatiga egadirlar.
Turizmga javob beruvchi davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalar, turistlik firmalar, otellar, turistlik assotsiatsiyalar, tashuvchilar, attraksion xizmatini taklif etuvchi firmalarda katta axborot varaklari mavjud. Axborotni internet tarmog‘iga joylashtirish umumiy holda kitob yoki buklet chiqarishdan arzon, axborot oson va tez ko‘rinishini o‘zgartiradi, yuqori sifatli rangli illyustratsion ma’lumotni ham uzatish mumkin. Axborot rivojlangan mamlakatlardagi foydalanuvchilarning keng doirasiga yetib boradi.
Xalqaro turizm huquqi

Turizm ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining muhim qismi sifatida, xalqaro aloqalarning tarkibi sifatida alohida huquqiy tartibga solishni talab qiladi. Shuning uchun o‘ziga xos tarmoq - turistlik huquq tarkib topgan. Ko‘pchilik mamlakatlarda rezident va norezident kompaniyalar uchun turistlik faoliyat normalari va rivojlanish tamoyillarining asosiy konsepsiyalari turizm haqida milliy qonunlar bilan mustahkamlangan.
Norezidentlar faoliyati uchun odatda ma’lum cheklashlar mavjud. Turizm tashkilotchilari va turist-mijozlar munosabatlari tartibga solingan.
Xalqaro turizm ko‘pgina konvensiyalar, xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi. Dastlab turizm rivojlanishiga asos bo‘lgan, dam olish va bo‘sh vaqtning asosiy huquqlarini ta’minlash to‘g‘risidagi bitimga erishildi. 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan inson huquqlari Umumjahon Dekleratsiyasining 24-moddasida shunday deyiladi: «Har bir inson ish vaqtini oqilona chegaralanishi va har yilga pullik ta’tilni olishi, dam olishi va bo‘sh vaqt huquqiga egadir». 1966-yil BMT Bosh Assambleyasi bu shiorni tasdiqladi va kengaytirdi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Paketga imzo chekkan davlatlar har bir insonning «dam olish, bo‘sh vaqt, ish vaqtini oqilona cheklash, davriy pullik ta’til hamda bayram kunlari uchun to‘lov» huquqini ta’minlash majburiyatini bo‘yniga olganlar.
Bu nizomlar turizm rivojlanishiga, xususan, xalqaro turizm rivojlanishiga turtki berdi. Xalqaro turizmning jadal rivojlanishi turistlik faoliyatni tartibga soluvchi me’yorlar o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Xalqaro turistlik huquq tashkil topishining eng asosiy yo‘nalishlaridan biri terminologiya va ta’riflar to‘g‘risidagi bitim tuzish edi.
Bugungi kunda xalqaro turizm o‘z faoliyatini asosiy xalqaro kelishuvlarga binoan olib boradi: Gaaga (1989-yil, Gaaga, Niderlandiya) va Manila (1980-yil, Manila, Filippin) bitimlari, turizm vazirliklarining Osaka konferensiyalari yo‘riqnomalari (1994-yil, Osaka, Yaponiya).

Hududiy qonunlar va me’yoriy aktlarni ham ta’kidlab o‘tish muhim. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati ushbu ittifoqqa kiruvchi mamlakatlar turistlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bir qator qonunlar va me’yoriy aktlar qabul qilgan. Masalan, yagona vizali hudud, turistlik xizmatlar shartnomasi to‘g‘risidagi Shengen shartnomasi (YEES Direktivasi №90/134 13-may 1995-yil. «Turistlik agentlik va mijoz o‘rtasida imzolanishi kerak bo‘lgan namunaviy shartnoma», «Sayohat  qilish shartnomasi bo‘yicha Xalqaro Konvensiya», 1970-yil 22-oktyabrda FUAAV ning Bosh Assambleyasida qabul qilingan «Mehmonxona egalari va turistlik agentliklar o‘rtasida bitimlar tuzishga tegishli Xalqaro mehmonxona Konvensiyasi», Yo‘lovchilar va ularning yuklarini xalqaro havo, avtomobil va dengiz transportida tashish alohida tartibga solingan. Havo transporti Varshava Konvensiyasi bilan (1929-yil Varshavada qabul qilingan), Avtomobilda passajirlar va yuklarni tashish Berlin Konvensiyasi bilan (1975-yil, Berlin), dengiz transportida passajirlarni tashish esa Afina Konvensiyasi bilan boshqariladi.

O‘zbekistonda turizmning mohiyati

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishiga qadar turizmning barqaror taraqqiy etayotganligi va uning istiqboli,  ushbu sohani “kelajak industriyasi” sifatida e’tirof etishga asos bo‘lgan edi.  Mamlakatimizda turizm faoliyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun  zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu boradagi ishlar hozir ham davom etmoqda.
Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistlik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi.
Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistlik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda  turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistlik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. 1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi  Butunjahon turistlik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YUNESKO tashkilotining hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistlik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistlik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik  bilan  rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni[1]  Buyuk Ipak yo‘lida turistlik mahsulotni tiklash borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistlik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol,  Burxoniddin Marg‘unoniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi, Toshkent shahrida muntazam ravishda xalqaro turistlik yarmarka tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi.
O‘zbekistonda 2005 yil 1 yanvar holati ma’lumotlariga ko‘ra, jami turistlik faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning soni 351 tani tashkil etgan. Shundan, 290 tasi xususiy turistlik firmalar bo‘lib (83 %), ularning xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulushi 90% ni tashkil etgan. Quyidagi 1.1. jadvalda turizm sohasidagi davlat va nodavlat turistlik korxonalarning dinamikasi va daromad hajmining taqqoslanishi berilgan.
Jadval 1.1.

Turizm sohasidagi davlat va nodavlat turistlik korxonalarning rivojlanish dinamikasi va daromad hajmining taqqoslanishi

         Yillar

Ko‘rsat
kichlar
1995
1996
1997
1998
1999
2000
2001
2002
2003
2004
Turistlik – ekskursiya xizmatlarida
Davlat korxonalari
42,0
30,1
11,6
11,6
13,2
5,6
8,7
21,1
3,7
4,7
Nodavlat koxonalar
58,0
69,9
88,4
88,4
86,8
94,4
91,3
78,9
96,3
95,3
Shundan, to‘g‘-ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar
0,5
0,5
0,2
3,2
5,2
2,6
6,6
4,4
11,5
8,5
Mehmonxona xo‘jaligida
Davlat korxonalari
56,6
32,1
28,3
37,3
55,5
66,3
73,7
67,5
62,5
48,5
Nodavlat koxonalar
43,4
67,9
71,7
62,7
44,5
33,7
26,3
32,5
37,5
51,5
Shundan, to‘g‘-ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar
28,0
20,1
50,0
16,8
19,8
15,3
9,8
14,5
14,7
34,0
Manba: O‘zbekiston Respublikasi  Davlat Statistika Qo‘mitasi

Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston  turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha  raqobatbardosh turistlik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistlik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o‘rin ochib berildi.
2000 yildan boshlab, Respublikamiz turizmi yuqori sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Turizmdan olinayotgan daromadlar yiliga 30 va undan ortiq foizlarda o‘sdi. 2001 yil oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi harakatlarining boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003 yilning 2-yarmiga kelib o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o‘tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya (Sars) va Parranda grippi kabi kasalliklar O‘zbekiston  turizmiga 2001 yil 11 sentyabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi.
O‘zbekistonga 2004 yilda turistlar oqimining mintaqaga tashrif buyurishi diagrammada ko‘rsatilgan, unga ko‘ra turistlar oqimi Sharqiy Osiyo, Tinch Okeani mintaqa aholisi va Yevropadan kelishgan. Butunjahon Turistlik Tashkiloti (BTT) tomonidan o‘rnatilgan tasnif bo‘yicha, barcha sobiq ittifoq hamdo‘stlik mamlakatlari Yevropa mintaqasiga kiradi. Shuning uchun O‘zbekistonga qo‘shni hamdo‘stlik mamlakatlaridan keluvchi turistlar ham Yevropa mamlakatlaridan kelgan hisoblanadi.
Xorijiy turistlarning turistlik tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab tarkibini va hajmini tahlil qilishda keluvchilarning maqsadlari bo‘yicha strukturasi muhim ahamiyatga ega. Uning 2000-2004 yillardagi o‘zgarish dinamikasi diagrammada ko‘rsatilgan.
Jami keluvchi turistlarning soniga nisbatan 2004 yilda dam olish va sog‘lomlashtirish maqsadida kelganlar 13,1 % ni, tadbirqorlik va kasbiy maqsadlarda kelganlar 21,9 % ni, boshqa va shaxsiy maqsadlarda keluvchilar soni 65%  ni tashkil etdi.
Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistlik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistlik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam beradi.
«O‘zbekturizm» MK ekspertlarining bashorati bo‘yicha O‘zbekistonda 2010 yilgacha jami 1007 mehmonga mo‘ljallangan 56 ta mehmonxona quriladi. Ichki va tashqi turizmning rivojlanishi 626 mingdan 2010 yilda 2.2 mln.ga yetadi, yani 3.5 martaga oshadi. Bizga keluvchi turizmning hajmi 1,0 mln. nafar kishiga yetadi. Turizm faoliyatidan olinadigan foyda 9 martaga oshishi, shundan xizmatlar eksporti 4-3 martaga ko‘payishi kutilmoqda. Shular evaziga respublikamizda 1000 dan ortiq yangi ishchi joylari tashkil qilinadi va 2000 ziyod soha mutaxassislari tayyorlanadi, shulardan 45 % oliy ma’lumotli bo‘ladi.
O‘zbekistondagi turizm sohasining 2000-2008 yillar davomidagi rivojlanish dinamikasini «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining statistik ma’lumotlari  ko‘rsatmoqda ( jadval 1.2.).

Jadval 1.2.

2000-2008 yillar davomida O‘zbekistan Respubliki bo‘yicha turitlik xizmatlar asosiy kursatgichlarining o‘zgarish dinamikasi


Ko‘rsatgichlar
Jami
2000
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
1
Xizmatlar hajmi jami mln.so‘m
210931,3
6882,1
10118,9
15778,3
17528,1
17926,3
40013,9
45850,3
56833,4
74400,3
2
Daromad - jami mln.so‘m
4578,01
443
1111,8
-166,5
150,61
-258,7
758,4
1036,4
1503
2419,7
3






Turistlarga xizmat ko‘rsatishming kishi
5621,73
770,2
712,8
709,1
719,9
720,2
608,9
656,7
723,93
791,4
Shu jumladan










qabul
4049,63
552,8
529,9
445,5
471,43
504,2
475,5
493,6
576,7
649.0
ulardan xorijiy
2057,62
278
231,43
198,15
230,44
261,6
241,9
272,6
343,5
370,1
jo‘natish
1571,87
217,4
182,9
263,6
248,47
215,8
133,4
163,1
147,2
142,3
xorijga
283,68
49,04
36,79
39,27
52,98
32,9
23,5
23,8
25,4
30,4
MDH davlatlariga
116,76
14,3
8,38
21,44
16,34
22,4
22,8
3,7
7,4
73,6
O‘zbekiston Respublikasi
1170,83
154,06
137,73
202,29
179,15
160,5
87,1
135,6
114,4
104,5
4
Kishilik – kunlik
12482,4
1741,3
1590,6
1399,6
1396
1375,7
1399,4
1850,7
1729,1
1896,5
5
Xizmatlar eksporti, ming AQSH dollarida
244669,1
27295
22215,3
21546
23581
28020
28132,5
42745,9
51133,4
62812,7





[1] «Халқ сўзи» газетаси, 1995 йил 3 июн