Sayohat va turizm (travel and tourism) - bir-biri bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, ular inson
hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki
passiv ko‘ngil ochish, sport, atrof-muhitni anglash, savdo, fan, da’volanish va
boshqa ko‘plab jihatlarni kamrab oladi. Birok, bunda har safar sayohatni boshqa
faoliyat turlaridan ajratib turuvchi o‘ziga xos harakat - insonning
vaqtinchalik boshqa joyga, mamlakatga, qit’aga borishi, uning doimiy yashash
joyidan uzoqlashishi mavjud bo‘ladi.
Sayohatlar ayrim
shaxslar tomonidan alohida, yagona maqsad va qiziqishga ega bo‘lgan shaxslar
tomonidan ekspeditsiyalar, jumladan, harbiy ekspeditsiyalar tuzgan holda amalga
oshirilib, ular tarkibiga yuzlab va xattoki minglab mutaxassislar, diplomatlar,
migrantlar va ko‘chib yuruvchilar ham kiradi. Dengiz, havo va boshqa transport
vositalari ekipajlari oylab o‘z uylarida bulmaydilar, shu tarika, ular uchun sayohat turmush
tarzi, kunlik ish faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
Sayohat tushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat’iy
nazar zamon va makonda ko‘chib yurishni anglatadi hamda sayyohatchilarning turmush
tarzi bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘p asrlik tarixdan ma’lumki, insonga savdoni
rivojlantirish, yangi yerlarni ochish va o‘zlashtirish, resurslar va yangi transport
yo‘llarini izlab topish maqsadida jahon bo‘ylab sayohat qilish xos bo‘lgan. Sivilizatsiyamizning
rivojlanishiga ajratilgan vaqt unchalik katta bo‘lmay, besh ming yilga yaqin davr
bilan belgilanadi, biroq bizgacha faqat yaqin o‘tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya
va tasvirlargina saqlanib qolgan. O‘tmishdan bizga yangi qit’a va yerlarni, xalqlar
va tabiiy xodisalarni ochgan, o‘ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan buyuk
sayohatchilarning nomlari ma’lum.
Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik
Eng qadimgi sayohatchilar
qatoriga avvalo savdogarlar va ziyoratchilarni – (piligrim) kiritishimiz aniq. Yangi yer va resurslarga egalik qilish
va savdo qilish istagi insoniyatni boshqa joylar, hududlar, mamlakatlar va xattoki
qit’alar tomon undagan. Mashhur grek tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi V-asrda
barcha ma’lum va mashhur sayohat va ixtirolarni tasvirlab bergan. Fransuz tadqiqotchisi
va geograf olim Pifey (kelib chiqishi Massallik - hozirgi Marsel, Fransiya), eramizdan
avvalgi 320 yilda usha vaqtlarda akl bovar kilmagan tarzda butun Yevropa bo‘ylab
sayohat qilgan, Britaniya orollarini aylanib o‘tib, Norvegiya va Islandiyagacha
yetib borgani taxmin qilinadi. U «Okean haqida» (On the Ocean) deb nomlangan ajoyib asarni yozib qoldirgan bo‘lib,
unda ko‘plab geografik yangiliklar va ixtirolar tasvirlab berilgan.
Qadimgi Rim tarixiga
va odatlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati
bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan Misrga sayohat qilganini
bilib olishimiz mumkin.
Amerika qit’asining
bir necha marta ochilishi va o‘zlashtirilishi, 900-1100 yillarda Islandiya va Grenlandiyaning
o‘zlashtirilishini alohida qayd etish joiz. Kolumbdan ham avval jasur vikinglar
Grenlandiyaga va xattoki Amerika qit’asiga yetib borganlar va u yerda koloniyalarga
asos solganlar. Ularning yashagan makonlari hozirda topilgan bo‘lib, xattoki ba’zi
kolonistlarning ismlari ham aniqlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ushbu ekspeditsiyalarga
982 yilda irlandiyalik Erik Rijiy boshchilik qilgan. «Buyuk Ipak yo‘li» kabi boshqa
mashhur yo‘nalishlar ham qadimgi sayohatlarning aynan savdo maqsadlariga asoslanishidan
darak beradi.
Sayohatlarning rivojlanishiga
ziyoratchilar ham munosib hissa qo‘shganlar. Turli din vakillari bo‘lgan ziyoratchilar
o‘z dinlarini kengaytirish va mukaddas joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzundan-uzoq
va mashakkatli sayohatlarni amalga oshirganlar. Salb yurishlari o‘rta asrlarning
mashhur xodisalari sifatida qayd etiladi. Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning
asosini tashkil qilib, o‘z faoliyatiga ko‘ra, keng miqyosga ega hisoblanadi. Bunga
misol tariqasida islom dini vakillarining muqaddas Makkayu Mukarrama shahriga xajga
borishi yoki xristianlarning Kuddus shahriga ziyorat qilishlarini keltirib o‘tish
kifoya.
Kashfiyotlar
Sayohatlarning asosiy
qismi yangi savdo yo‘llarini, yangi yer va mamlakatlarni ochish maqsadida amalga
oshirilgan.
Buyuk arab olimi va
sayohatchi Ibn Battuta (Abu Abdullox
Muhammad ibn Abdullox al Lavati at-Tanji) Ibn
Battutah (1304-1368) 21 yoshidan sayohat qilishni boshlagan va sharqning barcha
mamlakatlarini (70 ming chakirimdan ortiq) piyoda bosib o‘tgan, Shimoliy Afrika
mamlakatlari, Xitoy va Hindistonda bo‘lgan. U o‘zining mashhur «Rixle» deb nomlangan
asarida ko‘plab mamlakat va savdo yo‘llarning geografik nomlarini, xalqlarning urf-odatlarini
batafsil tasvirlab bergan. Italiyalik savdogar Marko Polo (1254-1324) 1271-1295 yillarda Xitoyga safar uyushtirib,
u yerda 17 yil istiqomat qilgan va bu mamlakat haqidagi kamyob ma’lumotlarni tuplab,
o‘zining kitobida aks ettirgan.
Yangi yerlarning ochilishi
uzoq o‘tmishda dengiz orqali mashakkatli sayohatlar uyushtirishni talab qilgan.
Hozirgi kunda barchaga ma’lumki, Amerika Kolumbdan ancha avval kashf etilgan, Grenlandiyada
esa (uning nomi «yashil yer» deb nomlanib,
hozirgi kunda kalin muzlik bilan koplangan) Yevropadan kelib chikkanlar istiqomat
qilgan. Agar ushbu ulkan orolning muzlash tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,
birinchi ko‘chib kelganlarning eramizdan avvalgi 600-700 yillarda kelganligi ma’lum
bo‘ladi. Janubiy Amerikadan Polineziyaga ommaviy ravishda sollarda bir necha oyda
suzib o‘tishga aql bovar qilmasada, buni amalga oshirish mumkinligini Tur Xeyerdal Tinch okeanini oddiy bir solda
kechib o‘tgan holda isbotlab bergan.
Ko‘plab sayohatlar
yangi hududlarni egallab olish yoki bo‘lib olish maqsadida harbiy yurishlar bilan
amalga oshirilgan. Ko‘p sonli kushinlari bilan harbiy yurish qilgan Aleksandr Makedonskiy
(eramizdan avvalgi 356-233 yillar) 32 ming chakirim yo‘lni bosib o‘tib, o‘z vaqti
uchun ajoyib ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. O‘rta asrlarda xristianlar obidalarini ximoya
qilishga yo‘naltirilgan salb yurishlari minglab chakirim masofadan Mukaddas Yer
va Vizantiyaga yetib kelgan yuz minglab dindorlarni o‘z saflariga birlashtirgan.
Buyuk sayohatchi va
kashfiyotchilar, olimlar qatoriga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko
da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni
(1451-1506) ko‘rsatish mumkin, ulardan oxirgisi 1492-1493 yillarda uchta karavellada
Atlantika okeanini bosib o‘tgan va Amerika qit’asini ochgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий