Qishloq turizmi – farm tour,
riral tour. Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki dala
xovlidami juda ham maroqlidir. Bu xayot talabi bo‘lib, doimo dala xovlilarini
yoki boshqa joylarni ko‘p yillar davomida sinalgan va tekshirilgan joylarda dam
olish uchun ijaraga olinadi. Qishloq turizmining o‘ziga xos tomonlari shundaki,
masalan, Sitsiliyaning agrar viloyatlarida ishchi kuchi yetishmasligi tufayli
kambag‘al turistlar yoki studentlarni ish haqi to‘lamasdan, boshpana va ovqat
uchun ishga yollashi mumkin. Bunday «dam oluvchi» usha yerga borib qaytishi
uchun mablag‘ topsa bo‘lgani. Yo‘l-yo‘lakay bir-ikki kun plyajlarda cho‘milishi,
muzeylarni, yodgorliklarni va boshqalarni ko‘rishi mumkin.
Hozirgi vaqtda qishloq turizmi
alohida daromad keltiradigan tur hisoblanib, dunyo turizm xizmat bozorida
alohida o‘rin tutadi.
Qishloq turizmi dengiz
kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa ham, shunga qaramay
turizm ishlarida alohida o‘rin tutib, uni o‘rganib rivojlantirish alohida
e’tiborga loyiq. Respublikamizda qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqlardagi
aholinig samimiyligi, tabiatning tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli
uning kelajagi bor. Lekin, shunga qaramay, xorijiy turoperatorlarning
fidoyiligi, turistlarni o‘z qishloqlariga tortishi, turistlarni o‘z xalqining
va davlatining rivojlanishi uchun olib kelishi, ish joylarini tashkil
etishlari, o‘z yurtining turistlik resurslarini mustahkamlab, davlatga valyuta
olib kirishlari va shu daromadlaridan soliqlar to‘lab xazinani to‘ldirishlari
taxsinga loyiq. Umuman qishloqlarda turist bo‘lib turish, sanatoriy-kurort
zonalarida yoki mashhur turistlik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma ham
qimmatbaho turistlik markazlarda dam olaolmaydi, shu jihatdan qishloq turizmini
rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
Qishloq turizmi quyidagi
hollarda amalga oshiriladi:
– qishloq joylarda alohida
kategoriya odamlar uchun ularning pul mablag‘lari miqdoriga qaramay, oilasining
an’analariga qarab amalga oshiriladi;
– shifokor maslahatiga binoan
qishloq iqlim sharoitlarida sog‘lomlashtirishni olib borishga qarab;
– tabiat bilan yaqinlik,
ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish maqsadida;
– ekologik toza va arzon
mahsulotlar bilan ovqatlanishi mumkinligi uchun;
– qishloq xo‘jaligi ishlari
bilan band bo‘lishi, ishlash uchun real imkoniyatlar borligi uchun;
– boshqa ijtimoiy toifadagi
odamlar bilan muloqotda bo‘lishi, ularning madaniyati, urf-odatlari bilan
tanishish, bayramlari va o‘yinlarida qatnashish imkoniyatining mavjudligi
uchun.
Qishloqda dam olish – bu
tabiat qo‘ynida bo‘lish, yillar davomida shahar sharoitida yig‘ilib qolgan
charchoqlarni chiqarish, toza havo, ekologik toza bo‘lgan oziq-ovqatlar, iqlim
sharoitlarini o‘zgartirish, aholi sonining kamligi, boshqa tartib-qoida va
yashash madaniyati, qishloq xo‘jalik ishlarida ishtirok etish, bog‘dorchilik,
chorvachilik, tabiat bergan in’omlarni to‘plash va qolaversa, dam olishning arzonligidan
iborat. Shulardan kelib chiqib, bu turizm turi o‘z harakteriga ko‘ra ekologik
turizmning bir ko‘rinishiga kiradi.
Shahar aholisining yozgi issiq
kunlardagi va qishki qorli kunlardagi xordiq olishlarini to‘g‘ri tashkil etish
imkoniyati mavjudligini e’tiborga olib, qishloq turizmini respublikamiz
hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi: katta bo‘lmagan
uylarni, qishloqlardagi katta bo‘lmagan xonalarni, kottejlarni, tabiat
manzaralari chiroyli bo‘lgan joylarni ijaraga olish yo‘li bilan.
Turistlar qishloqdagi
fermerning uyida oilasini joylashtirishi maqsadga muvofiqdir, bu – turistlarni
qishloq hayoti va u yerdagi yangi insonlar bilan yaqindan tanishtirishga,
ularning urf-odatlari va qishloq xo‘jalik ishlari bilan kuchi yetgan darajada
ishlashga imkon beradi. Shubhasiz, bu uy egalari uchun noqulayliklar yaratadi,
lekin fermerlar uchun qo‘shimcha pul va yangilik olib keladi. Bunda turistlar
uchun maxsus bir yoki bir necha xona ajratilib, barcha zaruriy narsalar
yetkazib beriladi. Bunday turizmdan davlat ham, fermerlar ham daromad ko‘radi.
Shu jihatdan qishloq turizmini qulay va kamharajat turizm turi deyish mumkin.
Go‘zal tog‘li mavzelarga sayohat,
tog‘larda sayr qilish, guzal joylarni tomosha qilish va h.k. Turistlar
e’tiborini quyidagi ajoyib joylar lol qoldiradi. Grand Kanon, Tosh barmoqlar
vodiysi (Avstraliya). Ulkan sharsharalar (Niagara, Viktoriya). Turistlar uchun
ularni tomosha qiladigan maydonchalar, moslamalar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda
bunday go‘zal joylar asosan, Surxandaryonning Saraosiyo tog‘li hududlari,
Jizzaxning Zomin tog‘ manzaralari, Toshkent viloyatidagi Chotqol tog‘
tizmalari, hamda Qashqadaryodagi Kitob xalqaro geografik kengliklarida
joylashgan.
Safari Safary tour – qo‘riqxonaga
hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat,
fotoovchilik, Keniya yoki JAR qo‘riqxonalariga sayr, tabiatda ajoyib
hayvonlarni erkin holda ko‘rish maqsadidagi sayrlar.
Tabiat qo‘yniga yoki
qo‘riqxonadagi e’tiborga loyiq yerlarga jip mashinalarida (Jip-Safary) sayohat.
Sayohat davomida turistlar o‘tirgan jiplardan tashqari kuzatuvchi mashinalar
kalonnasi bo‘lib, ular oziq – ovqat, palatkalar, yoqilg‘i va shu kabilar bilan
yuklanadi. Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylarni ko‘rish, balki tog‘li hududda
avtomobil boshqarish, tusiqlarni yengib o‘tish, lager hayotiga o‘rganish,
favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish kabilarni o‘rgatadi.
Urushlar va tarixiy janglar
bo‘lgan joylarga urush ishtirokchilari va ularning avlodlari uchun
uyushtirilgan turizm. Ular o‘z ichiga kuyidaglarni oladi: harbiy ob’yekt va
poligonlar, harbiy texnikada sayr, tanklar, kiruvchi samolyotlar, harbiy
qurollardan foydalanish, harbiy o‘quv mashqlari, kosmik kemalar uchirishni
tomosha qilish kabilar. Bularni- military tour,-deb ataladi. Shuningdek bu
sayohatlarga yana konslagerlar va qamoqxonalarga tashriflar kiradi.
Qumsash turizmi – bu asosan
qarindosh yoki do‘stlarini ziyorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z
mamlkatlaridan ayrim sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan kishilar bilan bog‘liq.
Ko‘chib ketganlar shartli ravishda ikki turga bo‘linadi:
– majburiy ko‘chganlar,
o‘zlarining tarixiy yerlarini diniy, harbiy yoki siyosiy sabablariga ko‘ra
tashlab ketganlar.
– o‘z xohishlari bo‘yicha
ko‘chganlar – o‘z yurtlarini yaxshi hayot izlab tashlab ketganlar.
Majburiy ko‘chganlar –
sayyoramizda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aholi migratsiyasi iqtisodiy, siyosiy
va diniy omillar ta’sirida bo‘ladi. Ming yillar oldin Norvegiyaliklar va
Irlandiyaliklar, Islandiya va Grilandiyaga ko‘chgan edilar. Tarixda Angliyadan
Amerika qit’asiga diniy qarashlari tufayli ko‘chganlar haqida ham ma’lumotlar
bor. Jahon urushlari sanoqsiz kulfatlar va yangi qochoqlar tulqinini vujudga
keltirdi, ularga urushdan qochganlar va asrlar kirib, o‘z vatanlariga qaytishdan
xavfsirab boshqa yerlarga ko‘chganlar.
Keyingi turdagi ko‘chganlarga
Volga buyi nemislarini kiritish mumkin. Bu yerda ular rus shohlari tomonidan
yashashga taklif qilingan, 200 yildan keyin esa kommunistlar ularni vatan xoini
deb Qozog‘istonga ko‘chirishgan, qayta ko‘rish va ittifoqning birligini
yo‘qolishi, ular hayotini yanada qiyinlashtirdi, faqatgina 300 yil o‘tib ular
o‘zlarining vatani – Germaniyaga (minglab aholi) qaytib kelishmoqda.
Qo‘msash turizmga yaqqol misol
bo‘lib, O‘zbekistonda Sobiq ittifoq davrida yashagan va hozirgi paytda ham
ularning qarindosh urug‘lari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat
ko‘rsatib kelayotgan qrim-tatar, zakavkaz xalqlari, turklar, nemislar va boshqa
millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin.
Diniy ziyorat – (religious or
piligrim tour) diniy maqsaddagi sayohat va sayrlardan iborat. Diniy maqsaddagi
ziyorat tarixiy sayohat bo‘lib, uning ildizlari tarixga boradi. Bu kabi
turistlarning birinchilari o‘rta asr ibodatchilaridir. Bu xildagi sayr diniy
ishonch, o‘z va o‘zga dinlarga qiziqish asosida vujudga keladi.
Dunyodagi ko‘p odamlar Makkai
Mukarramaga, muqaddas yer bo‘lgan Vatikan ibodatxonalariga va boshqa joylarni
ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. O‘zbekistonda bunday muqaddas ziyorat
qiladigan joylarga Samarqanddagi, Buxorodagi, Xorazmdagi va boshqa
viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la oladi. Ayniqsa,
musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan Imom al-Buxoriy ziyoratgohi diniy
turizmni rivojlantirishda muhim o‘ringa egadir.
Turizm bozorida Rojdestvo va
boshqa bayramlarni nishonlash uchun, Finlyandiya va boshqa Skandinaviya,
G‘arbiy Yevropa davlatlariga sayr qilishadigan xizmatlar mavjud. Turistlar
ichida ayniqsa Finlyandiyaning qutb chegarasida joylashgan Rovaniymiga, Santa
Klaus vataniga sayohat mashhur bo‘lib bormoqda. Bu yerda bolalar va kattalar
uchun tantanalar o‘tkaziladi. Laplandiyada zamonaviy aeroport qurilib, u yerga
xatto samolyotlar ham qatnaydi. Mehmonlar uchun Santa Klaus va gnomlar
ishtirokida tomoshalar uyushtiriladi, Santa Klaus qishlog‘ida supermarket,
g‘orlarda bolalar tomoshagohlari qurilgan.
Marosim turizmi (ritual tour),
odatda, qarindoshlarning qabrlari yoki janglarda vafot etganlar dafin etilgan
joylarga uyushtiriladi. Qarindoshlar yoki yaqinlar qabrlari va maqbaralarini
ziyorat qilish marosim turizmining asosini tashkil etadi. Ko‘pgina turistlar
tarixiy yurtlarga aynan qarindoshlarini kabrlarini ziyorat qilishga boradilar.
Yana bir marosim turizmi – bu yaqin orada janglar bo‘lib o‘tib, shu janglarda
halok bo‘lgan askar va zobitlar qabrini ziyorat qilish uchun uyushtiriladigan
sayohatdir. Respublikamizda bu turdagi turizm bilan «Nuroniy», «Shaxidlar
xotirasi», «Oltin meros» jamg‘armalari shunday ezgu ishlar bilan
shug‘ullanadilar.
Комментариев нет:
Отправить комментарий