Sayohatlar va turizmning
bir-biridan farqlarini ko‘rib chiqishda ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy
ta’minotiga tuxtalib o‘tish joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning asosiy qismi ma’lum
bir maqsadlarga (savdo, fan, yangi yerlarni ochish, mahsulot reklamasi va hokazo)
xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va xususiy jamgarmalar tomonidan
moliyalashtiriladi
Sayohatchi - bu birinchi navbatda kasb bo‘lib, odamlarning
kasbi yoki kun ko‘rish manbai yo bo‘lmasa sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush
tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo‘lib, turizm maqsadlaridan
farq qiladi.
Vaqt inson imkoniyatlarini
sezilarli darajada o‘zgartirib yuborgan. Bugungi kunda bo‘sh vaqt va yetarli mablag‘ga
ega bo‘lgan deyarli har bir shaxs jahon bo‘ylab havo sharida yoki boshqa transoprt
vositalarida sayr qilishi, dunyoning inson oyogi yetmagan nuqtalariga tashrif buyurishi
mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan
turistlik firmalar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo‘ylab maxsus tayyorlangan
avtomobillarda uzoq muddatli (30 xaftagacha) qit’alararo sayohatlarni taklif kilmokda.
Buyuk yangi yer ochuvchilarning yo‘nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSH
dollariga teng bo‘lgan 190 kunlik dengiz sayohatlari ham taklif etilmokda.
Turizmni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha ma’lum
bir sharoitlarda u turistlik industriyasi korxonalari va turistlik tashkilotlar
tomonidan taqdim etiluvchi turistlik xizmatlardan foydalanishni kuzda tutishi mumkin.
Turizm-sayohatlarning
bir turi bo‘lsada, biroq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra, ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib,
unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi.
Sayohatlardan farqli
ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchrovchi soha bo‘lib,
buning ustiga ichki tabiiy xodisa dualizmiga ega bo‘ladi.
Turizm bu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi,
aniq belgilangan turistlik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni turistning
faoliyati va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish buyicha xizmat ko‘rsatuvchi
tashkilotlardan iborat. Bunday faoliyat turli xil turistlik industriya
korxonalari va ular bilan bog‘liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi.
Turizm faoliyati asosan
bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Bunday hol sodir bo‘lishi uchun ikki shart bo‘lishi
kerak: dam olishga ajratilgan bo‘sh vaqt va tegishli mablag‘. Uzoq vaqt
davomida turizm faqat badavlat kishilar qatlaminiki bo‘lgan. Hozirgi paytda aholining
turli qatlamlari bo‘sh vaqtini va jamg‘arilgan mablag‘larini turli turistlik safarlarga
borishga sarflamoqdalar.
Turizm XXI asrda
Hozirgi tushunchalarda
qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga borib shaklangan bo‘lsada, faqat XX asrga
kelib u jadal suratlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi,
jamiyat munosabatlari-ning yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini oldi. Bugungi kunda turizm - juda kuchli jahon
mikyosidagi iqtisodiyotning tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi
ulushi 10%ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar, asosiy vositalar
va yirik kapital mablag‘lar jalb qilingan. Bu yirik biznes, katta pul va global
mikyosdagi jiddiy siyosatdir.
Jamiyatning
rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko‘plab aholisi turizm sohasiga jalb kilinmokda.
1995-1997 yillar mobaynida sayohat qiluvchilar sonining barqaror usish tendensiyasi
yiliga o‘rtacha 4% kuzatilib, 2008 yildan Jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
sababli bu sohadagi faollikning kamayganligini qayd qilish mumkin. Bugungi kunda
turizm ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan
rivojlanayotgan industriyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‘idir. BTT ning baholashiga
ko‘ra, turistlik servisi rivojlangan shaharga tashrif buyurgan 100 nafar turist
20 ming AQSH dollari atrofida sarflaydi, ya’ni har bir turist tomonidan bir sutkada
shaharga 200 AQSH dollari miqdorida foyda keladi. Taqqoslash maqsadida, bu miqdordagi
foydani olish uchun xatto rivojlangan mamlakat ham kamida jahon bozoriga 1 tonna
paxta yoki 2 tonna bug‘doy olib chiqishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi
paytda dunyoning ajoyib, jozibador turistlik resurslariga ega bo‘lgan barcha burchaklari
hali yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va keng turistlar ommasi uchun ochik emasligini
ham hisobga olish lozim. Bunda tabiiy-iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar,
mintaqadagi tinchlik, turizm industriyasining riojlanishi kabilar muhim rol o‘ynaydi.
Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo‘lgan bir necha
tarmoqlarni ham rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari turizmning
rivojlanishini yana bir katta muammo bo‘lgan ishsizlikni hal qilishga yordam
beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar
turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog‘liq bo‘lgan xalq
xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishchi joylarning ochilishiga yordam
beradi. Shu bilan birga mahalliy mintaqalarning rivojlanishiga ham ijobiy
ta’sir qilib, jumladan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, mahalliy mahsulotlarini va milliy hunarmandchilik
mahsulotlarini sotishga yordam beradi. Masalan, Petropavlovskka kruiz laynerining
kelishining o‘zi mahalliy aholi hayotida katta bir ayyomdir, chunki bu 50-60 kishi
ish bilan ta’minlansa, uch kun mobaynida ular yo‘lboshchilik, gidlik vazifasini
o‘tayotgan mahalliy o‘qituvchilar esa o‘z oylik maoshlariga teng bo‘lgan qo‘shimcha
daromad oladilar.
Jadval 2.1.
Turizmni sayyohatdan
ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar
№
|
Farq
qiluvchi xususiyatlar
|
Turizm (turist)
|
Sayohat
(sayohatchi)
|
1
|
Mamlakat
iqtisodiyo-tiga ta’siri bo‘yicha
|
Turizm
kuchli jahon miqi-yosidagi iqtisodiyot tarmog‘i bo‘lib, uning jaxon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi mavjud. Bu yirik
biznes, katta pul va global mikyosdagi jiddiy siyosatdir.
|
Sayohatlarning
iqtisodiyotiga bevosita ta’siri yo‘q
|
2
|
Qo‘yilgan
maqsadlar
bo‘yicha
|
Yo‘llanmada ko‘rsatilgan aniq qo‘yilgan maqsadlar
bilan chegaralangan
|
Aniq qo‘yilgan maqsadlar bilan chegaralanmagan
|
3
|
Muddat
maboynida
|
Yo‘llanma
bilan chegaralangan bo‘lib, 1-2 kunlik (dam olish kunlari); 3-7 kunlik; 8-28 kunlik;
29-91 kunlik bo‘lishi mumkin
|
Muddati
chegaralanmagan
|
4
|
Ma’lum
makonda bo‘lishi
|
Bo‘ladigan joyi yo‘llanma bilan chegaralangan
|
Makoni yoki bo‘ladigan joyi chegaralanmagan
|
5
|
Bo‘sh
vaqtning mavjudligi
|
Asosan
bo‘sh vaqt maboynida amalga oshiriladi
|
Bo‘sh
vaqt bo‘lishi shart emas.Sayohat qilish hayot tarzi hisoblanadi
|
6
|
Borgan
joyida haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi bo‘yicha
|
Borgan
joyida turist uchun haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas
|
Borgan
joyida sayohatchi uchun haq to‘lanadigan
faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin
|
7
|
Mablag‘
bilan ta’minlash
|
Turistning shaxsiy mablag‘-idan va ijtimoiy
fondlar-dan
|
Homiy tashkilotlar, davlat va xususiy
jamg‘armalar tomonidan moliyalashtiriladi
|
8
|
Tashkil qilish va xizmat ko‘rsatish
|
Bu faoliyat turli xil turistlik korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan
bog‘liq tarmoklar tomonidan amalga oshiriladi.
|
Tashkil qilish homiy tashkilotlar,
davlat va xususiy jamg‘armalar tomonidan amalga oshiriladi, sayohlarga xizmat ko‘rsatish esa bevosita o‘zi tomonidan
amalga oshiriladi.
|
9
|
Yashash
foliyatiga ta’siri
|
Turistning
sayohatga borib kelishi yashash faoliyatiga bevosita ta’sir qilmaydi.
|
Sayyohat
sayohatchi uchun kasbi yoki kun ko‘rish manbai, turmush tarzi bo‘lib xizmat qiladi.
|
Комментариев нет:
Отправить комментарий